O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-son buyrug‘i asosida Farg‘ona davlat texnika universitetining 2026-2027 o'quv yili uchun grantlar taqsimoti e’lon qilindi.
Tanlovda quyidagi talabalar ishtirok etishi mumkin:

Kunduzgi bakalavriat (birinchi va ikkinchi bosqich) ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari (birinchi bosqich)da tahsil olayotgan talabalar;

 Joriy o‘quv yilida GPA ko‘rsatkichi 3.5 va undan yuqori bo‘lgan Farg‘ona davlat texnika universiteti kunduzgi ta'lim shakli talabalari

Grant taqsimoti yo‘nalishlar va ta'lim tiliga  qarab amalga oshiriladi. Barcha talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chaqiramiz!

 

 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti