Farg‘ona davlat texnika universiteti “Ilmiy-texnika jurnali”   (Web sahifa: http://www.fstu.uz, e-mail: jurnalferpi@mail.ru) 1997-yildan buyon quyidagi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha ilmiy maqolalar chop etadi:

  • fundamental fanlar;
  • mexanika;
  • qurilish;
  • energetika, elektrotexnika;
  • elektron qurilmalar va axborot texnologiyalari;
  • kimyoviy texnologiya va ekologiya;
  • ijtimoiy-iqtisodiy fanlar;
  • qisqa xabarlar.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va  ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Ommaviy axborot vositasi sifatida 2020-yil 6-avgustda № 1081 raqami bilan qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Farg‘ona davlat texnika universiteti “Ilmiy-texnika jurnali” ning mazmuni, sifati va dizaynini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor berilib, jurnalning reytingi oshib bormoqda. Chunonchi, jurnal uchun:

  1. Xalqaro indeks raqami ISSN 2181-7200 va shtrix kodi 9772181720008  

Jurnalga Respublikamiz Oliy o‘quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalarining olimlari va muhandislaridan muntazam ilmiy maqolalar olinmoqda. Hozirgi kunda respublikamizning deyarli barcha texnika oliy o‘quv yurtlari olimlaridan, hattoki Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Turkmaniston, AQSH, Bel’giya, Germaniya, Hindiston, Pokiston kabi mamlakatlardagi yurtdoshlarimizdan va boshqa chet el olimlaridan Farg‘ona davlat texnika universiteti “Ilmiy-texnika jurnali”da chop etish uchun fizika-matematika va texnika fanlari, shuningdek, kimyoviy texnologiya va qishloq xo‘jalik fanlari yo‘nalishida maqolalar kelib tushmoqda.

Prezidentimiz qo‘llab-quvvatlayotgan innovatsion ilmiy-tadqiqotlar keng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda respublikamiz olimlari va ixtirochilari har qachongidan ham ilmiy saviyasi yuqori, talabchan va muntazam chop etiladigan fizika-texnika yo‘nalishidagi ilmiy nashrlarga, xususan, viloyatlarda  muhtoj ekanligini jurnal tahririyati to‘liq his etmoqda. 

Bosh  muharrir:                                              O’.R. Salomov

 

 

2012 - yil

2013 - yil

 

2014 - yil

 

2015 - yil

2016 - yil

2017 - yil

2018-yil

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

 

2026-yil

 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti